Joriy yilning 13-15 noyabr kunlari institutimizda YUNESKO tomonidan Suv resurslari boshqaruvi sohasida yosh tadqiqotchilarni qo‘llab - quvvatlash bilan bog‘liq maqsadda seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va YUNESKOning Ijtimoiy transformatsiyani boshqarish dasturi (MOST) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad institutimiz yosh olimlari hamda doktorantlariga ilmiy maqolalar yozishning yangi metodik ko‘rsatmalari va uslublari, xorijiy tajribalarni qo‘llash va maxsus dasturiy ta’minotdan foydalangan holatda maqolaning sifat darajasini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Seminarni ochilish marosimida YUNESKO bosh qarorgohi, dastur mutaxassisi janob Pedro Monreal, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mariya del Pilar Alvares-Laso xonimlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Baxramjon Ismailov hamda O‘zbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi bosh kotibi Alisher Ikramovlar ishtirok etdilar.
Seminar Piter Malvichini va Pedro Monreal tomonidan olib borildi. U qizg‘in baxs-munozaralar, guruh topshiriqlari, guruh taqdimotlaridan iborat bo‘ldi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i I. Abdurahmonov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov