2020-yil 16-noyabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gidrotexnika qurulishi” fakultetining kafedra mudirlari va professor-oʼqituvchilari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun - mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oʼrtachirchiq tumanidagi biriktirilgan mahallalarda “Yangi Oʼzbekiston - yangi dunyoqarash” shiori ostida maʼnaviy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi. Oʼrta Chirchiq tumanidagi 64-sonli maktabda Aranshi MFYda istiqomat qiluvchi aholi bilan “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi mudiri J.Qosimov, ushbu kafedra o’qituvchisi U.Yedilbayevlar ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda J.Qosimov Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimizda olib borayotgan islohotlar, aholining ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash, farovonligini taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar toʼgʼrisida maʼruza qildi. U.Yedilboyev mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar, yoshlar siyosati, barkamol va intellektual avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar toʼgʼrisida maʼruza qilib berdilar. Аholini qiziqtirgan savollarga javob berildi. Uchrashuvlarning badiiy qismida taklif etilgan sanʼatkorlar, maktab oʼquvchilari jamoasi tomonidan tayyorlangan qoʼshiq, raqs hamda sport oʼyinlari namoyish qilindi. Tadbirlar qiziqarli va mazmunli oʼtdi.Uchrashuvda mahalla raislari, uch yuzga yaqin mahalliy aholi hamda maktab jamoalari faol ishtirok etib, tadbirni yuqori saviyada tashkil etishga va uni mazmunli oʼtkazilishiga oʼzlarining munosib hissalarini qoʼshishdi.