Joriy yilning 13-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi URQ-565-son Qonuni hamda institut rektorining 2019-yil 12-sentyabrdagi 865 A/f bo‘yrug‘iga asosan institutda umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda Raupov Jasurbek-Islom ota Jome masjidining bosh imom xotibi, Tillar kafedrasining professor –o‘qituvchilari, QXM, GIM, YeRB va QSXET fakultetlarining talaba qizlari, hamda YeRB fakultetining 4-bosqich 406-408 guruh talabalari qatnashdilar.
Jasur Raupov talabalarga xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazmaslik o‘z ayolini, opasini, singlisini hurmat qilishi kerakligini, Birinchi himoyachisi – bu ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lishi kerak. Lekin shunga qaramasdan, oilada o‘z ayoliga zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazishlar kuzatilmoqda. Bu qonun bekorga chiqqan emas.
Har bir fuqaro ushbu qonunga bo‘ysunish kerak. Shunday ekan, onalarimiz, ayollarimizning hurmatini joyiga qo‘ysak, hech kimdan kam bo‘lmaymiz, yaratgan egam o‘zi himoya qiladi-deb ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va ijobiy javob olishdilar.
Institut xotin-qizlari qo‘mitasi raisi Z.Xafizova axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov