Yurtimiz tinchligi barqaror taraqiyotimiz omili

"Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakultetining “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2,3,4-kurs talabalarini “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasining prfessor-o‘qituvchilari va Ichki ishlar vazirligining Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mayor D.Ochilov, Kapitan K.Muxammadiev, Katta leytenant X.Bobojonovlar 2020 yil 17 yanvar kuni 8-Zalda “Yurtimiz tinchligi - barqaror taraqqiyotimiz omili” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Katta leytenant X.Bobojonovlar barcha professor-o‘qituvchilarni va talabalarni Vatan ximoyachilari kuni bayrami bilan tabrikladi va ma’ruza qildi hamda o‘zlari tayyorlab kelgan videorolikni namoyish etdi. Tadbir qiziqarli va savol va javoblarga boy bo‘ldi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov