Ramazon oyi o‘zi bilan tinchlik, xotirjamlik, qut-baraka, fayz va go‘zallik olib kelishini barchamiz xis qilamiz. Bu oyda ramazon ro‘zasini tutishning o‘ziga yarasha qoidalari, qiyinchiliklar va sharafli tomonlari borki, uni ado etish barobarida savob va yaxshilik, hamda Muqaddas oyning hurmati ham joyiga qo‘yish bugungi kunda xar birimizning istagimizdir.
Ramazon oyida ro‘za tutish qoidalari, ro‘zaning darajalari, shartlari, ro‘zaning turlari kabi ma’lumotlarni “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri Z.Ismailova, kafedra dotsenti Durdona Mustafoeva hamda professor-o‘qituvchilari 4 sonli TTJ da istiqomat qiladigan talabalar bilan o‘rtoqlashdilar. Kafedra professori D.Ximmataliev tadbirni uyushtirishda katta xissa qo‘shgan bo‘lsa, 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachisi N.Isakulova ushbu tadbirda qizlar va yigitlarning uyushqoqligini ta’minlashda yaqindan yordam berdi.
Suxbat so‘ngida talabalar uchun dasturxon bezatildi, birga iftorlik chog‘ida ham talabalarning pishirgan noz-ne’matlaridan tanavvul qilib, ularga ramazon oyi va uning xislatlari, qolaversa ro‘za tutishning inson organizmiga yaxshi ta’sir qilishi kabi masalalarda fikr almashishdi.
TIQXMMI matbuot xizmati