Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) hamda Vengriyaning Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universiteti (BME) o’rtasida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Mazkur uchrashuvda TIQXMMI birinchi prorektori, Professor Mirzayev Bahodir Suyunovich, Yerdan foydalanish kafedrasi tayanch doktoranti, Erasmus+ DSinGIS loyihasi Milliy koordinatori Ilhom Abdurahmanov, BME Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Dr.Balázs Vince Nagy, Xalqaro aloqalar direktori Dr.Adrienn Rátkai-Füzesi, Rektor kabinetining chet tillarini o'qitish komissari Dr.Gergely László Vígh, Qurilish muhandisligi fakulteti dekani o’rinbosari Dr.Tamas Lovas, Geodeziya kafedrasi mudiri Dr.Szabolcs Rózsa va Erasmus+ DSinGIS loyihasi koordinatori, Geodeziya kafedrasi dotsenti Dr.Lorant Foldvary ishtirok etishdi.
Ushbu uchrashuvni dastlab har ikki OTM prorektorlari kirish so’zlari bilan ochib berib, uchrashuv ishtirokchilari va o’z OTMlari bilan tanishtirib o’tishdi hamda TIQXMMI haqidagi qisqa videorolik qo’yib berildi.
Shundan so’ng, quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:
Shuningdek, uchrashuv davomida talabgorlarni qo‘shma magistratura dasturiga qabul qilish jarayoni, Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi o‘quv rejasidagi mavjud mutaxassislik fanlari, ularga ajratilgan kreditlar, tanlov fanlari, shuningdek magistrantlar tomonidan to‘plangan kreditlarni o‘zaro tan olish, magistrlik dissertasiyalari himoyasini hamkorlikda tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha dastlabki muhokamalar amalga oshirildi.
Uchrashuv so’nggida kelgusida amalga oshiriladigan aniq vazifalar kelishib olindi. Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universiteti Vengriyaning texnika yo’nalishidagi yetakchi universiteti hisoblanib, QS Xalqaro OTMlar reytingida top-801-1000, QSning muhandislik (Engineering – Civil and Structural) bo‘yicha fan reytingida (Subject ranking) 151+ o‘rinda joylashgan.
TIQXMMI matbuot xizmati