Abdulla Oripov hayoti va ijodiga nazar

O‘zbek xalqi azaldan shoirtabiat xalq, uning tuprog‘idan tortib yaprog‘igacha shoirdir. Shuning uchun ham u farzandlariga she’riyat kabi teran, she’riyat kabi serma’no, bir-biriga uyqash ismlar qo‘yadi. U to‘y qilsa, shodliklarini she’rga solib “yor-yor” aytadi. Hattoki, azada ham hasratlarini she’rga aylantirib bo‘zlagan. “Temir tig‘i yetmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher” - deb yozgan o‘zbek xalqining sevimli farzandi, shoir Abdulla Oripov. Institutimizda ham shoir Abdulla Oripov ijod muzeyi tashkil etilgan va bu o‘z navbatida talabalarning shoirning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Shu o‘rinda QSXET fakulteti TTTEM (113, 114, 115) qo‘nalishi talabalari shu muzeyga tashrif buyurishdi. Tashrif chog‘ida talabalar shoirning ijodi haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘ldilar.

 

TIQXMMI  matbuot xizmati