Bugun 2019 yil 15 iyun kuni soat 15-00 da TIQXMMIning QXM fakulteti QXM kafedrasi, institut xorijiy aloqalar bo‘limi va Xitoyning Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing kompaniyasi ishtirokida katta e’tiborga molik bo‘lgan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda TIQXMMI rahbariyati, Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing va Huixian Yingda Machinery kompaniyalari rahbarlari va vakillari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan amaliy hamkorlik o‘rnatish maqsadida Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing kompaniyasi bosh menedjeri janob Zhang Qingfeng va Huixian Yingda Machinery kompaniyaci rahbari Li Yunying boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurishdi.
.
Ularning tashrifidan asosiy maqsad Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing va Huixian Yingda Machinery kompaniyalari hamda Xitoyning Xenan provinsiyasidagi boshqa ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalari bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘rtasida uzoq muddatli o‘zaro amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni muhokama etishdan iborat.
Shuningdek, kadrlar tayyorlashda TIQXMMI professor-o‘qituvchilari va talabalarining Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing va Huixian Yingda Machinery kompaniyalari hamda Xitoyning Xenan provinsiyasidagi boshqa ishlab chiqarish korxonalari va oliy ta’lim muassasalarida stajirovka va amaliyoti, ularning mutaxassis va talabalarining TIQXMMIda stajirovkasi va amaliyoti, ikki tomonlama talabalarni o‘qitish, o‘quv jarayoni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalari muhokama etiladi.
Mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikning amaliy ko‘rinishi sifatida institutga taqdim etilishi rejalashtirilgan Xinxiang Hexie Feed Machinery Manifacturing kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan don maydalash va granulalash qurilmalariga ega ozuqa tayyorlash liniyasi hamda Huixian Yingda Machinery kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan moyli ekinlardan ekstraksiyalash yo‘li bilan yog‘ olish qurilmasini misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Mazkur qurilmalardan endilikda «Chorvachilikni mexanizatsiyalash» va «Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashni mexanizatsiyalash» fanlaridan mashg‘ulotlarda bemalol foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov