Nominatsiyalar gā€˜oliblari

Institutning “PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA O‘QITISH METODIKASI” kafedrasi va YOSHLAR BILAN ISHLASH bo‘limi hamda YOSHLAR ITTIFOQI bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 24 may kuni O‘zbekiston milliy universitetida ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi masalasining 21 - sonli bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib institutimizda 2019 yil 13.06. 583 A/F rektor buyrug‘i asosida fakultetlararo «Bilimlar bellashuvi» ko‘rik - tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik - tanlovda GM, GK, KSXET, KXM fakultetlarining «Kasbiy talim» yunalishining 2 - bosqich talabalari faol ishtirok etib, har bir guruh faxrli o‘rin va sovrinlar bilan taqdirlandilar. Bellashuv 5 ta shart asosida baholandi. Ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni “Gidrotexnika” fakultetining «YOSH GIDROTEXNIKLAR» jamoasi qo‘lga kiritdi. «ENG ZUKKO» GURUH” nominatsiyasini GM fakultetining «AVLONIYLAR IZDOShLARI» jamoasi egalladigan bo‘lsa, «ENG QUVNOQ GURUH» nominatsiyasini QSXET fakultetining «YOSH ELEKTRIKLAR» jamoasi, «ENG INOQ GURUH» nominatsiyasini esa QXM fakultetining «MEXANIZATORLAR» jamoasi egalladi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov