Shinam yotoqxona bois ehson oshi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti jamoasi 4-sonli talabalar turar joyining ochilishi munosabati bilan institut talabalar oshxonasida ehson oshi tarqatishdi. Tadbirda 4-sonli talabalar turar joyida yashayotgan talabalar hamda institut jamoasi ishtirok etdi. Zamon talablari asosida qayta kapital ta’mirlangan talabalar turar joyida talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning dars tayyorlashi, dam olishi va internet tarmoqlari va kutubxonadan erkin foydalanish imkonini beradi. Institutimiz rektori yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar sizning bilim olib ilm o‘rganishlaringiz, mamlakatimizning ertangi kuni uchun yaroqli, intellektual salohiyatli kadr bo‘lib yetishishlaringiz uchun deya qayta-qayta uqtirdilar.

.

Institut Matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov