Turkmanistonning Mergen Yusupov boshchiligidagi delegatsiyasi TIQXMMIga tashrif buyurishdi. Delegatsiya Qishloq va atrof-muhit vazirligining Xalqaro ekologik hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mergen Yusupov, Lebab viloyat hokimiyatining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maxsus vakili Boltaev Nizamdjan, Dashoguz viloyati hokimiyatining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassisi Meredov Yazgeldi, Geyogli etrap hokimiyatining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassisi Mademinov Mademin, Deynau etrapi “Vatan” birlashmasining yer tuzuvchi mutaxassisi Xudaykulov Umarkuli, Paraxat etrapining “Dayxon” birlashmasining Xasanov Murat, Turkman qishloq xo‘jalik instituti Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi kafedra mudiri Kurbanov Babageldы hamda BMT Rivojlantirish dasturi Turkmaniston vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvni prof. A.Salohiddinov ochib berdi. Institut to‘g‘risidagi taqdimotdan so‘ng so‘zni prof.A.Karimovga berildi. A.Karimov O‘zbekistondagi ekologik barqarorlik ta’minlashdagi sug‘orish texnologiyalar va ularning afzalliklari haqida ma’lumot berildi. Mamlakatimizdagi joriy qilinayotgan innovatsion texnologiyalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. So‘ngra, EkoGAM markazi dotsenti M.Jo‘liev markaz va uning olimlari ekologik barqarorlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy ishlari va yechimlari to‘g‘risida taqdimot qildi. Tashrif buyurgan mehmonlarda taqdimot va do‘stona qarshi olinishi katta taassurot o‘yg‘otdi. Turkmaniston delegatsiyasi navbatdagi uchrashuv tomon ravona bo‘ldi.
Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov