Kulsang, dunyo kular, ko‘ngillar to‘lar,
Munchoq ko‘zlaringga payvasta bu jon!
Kulgu toshib tursin kulgichlaringdan.
Sen baxt-u iqbolim, aziz bolajon!
Bolalar borki, ko‘ngillarni xushnud etuvchi ajib bir quvonch bo’ladi, bolalar borki, ularda beg‘ubor qalbni his etguvchi tuyg‘ular mujassam. Bolalarning atigi birgina sof kulgusi kishini butun dard-u alamidan, g‘am-g‘ussasidan bir lahza bo‘lsa-da ozod etadi. Ularni ko‘rsangiz ko‘nglingizda nur porlaydi. Bolalarning sho‘x-shodon o‘yinlarini kuzata turib, ularga qo‘shilib o‘ynagingiz keladi. Yana beg‘ubor bolalikka qaytib qolishni xohlaysiz. Mana shu bolalarga imkoniyatingiz boricha sho‘xlik qilishi uchun sharoit yaratib berishni istaysiz.
Hozirgi kunda bolalarning ta’lim-tarbiyasi masalasi yurtimizda birinchi o‘rinda turibdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham bu sohaga katta e’tibor bermoqdalar. Bolalarni tarbiyalash, ziyoli qilish hukumatimizning bosh vazifalaridan bo‘lib qoldi. Hatto, yoshlarning oilaviy muhiti ham alohida e’tiborga olingan.
Shunday g`oyalarni o`zining ko`ngliga tukkan ”Gidromelioratsiya” fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari, Institut Yoshlar ittifoqining jonkuyarlari yana bir savob ishni amalga oshirdilar. Ular 2018 yilning 15-dekabr sanasida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida “Toshkent imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji”da yangi yil oldi ehson dasturxonini yozdilar. Ushbu xayriya tadbirimizni Yoshlar masalalari bo`yicha prorektor Qodirjon Shavazov ochib berdilar. Shuningdek, fakultetimiz ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari To`ychiyev Xayrulla aka va fakultet xotin-qizlar qo`mitasi raisasi Madazizova Dilfuza opalar bolalarga o’zlarining iliq tilaklarini bildirib o`tdilar.
Badiiy qism bilan hamohang tarzda o`tkazilgan ushbu tadbir turli xildagi o`yinlarga boy bo`ldi. Yoshlarning ko`zlaridagi quvonchni ko`rgan talabalarimiz uchbu ishning qanchalik maroq bag`ishlashligini ularning yuzlaridagi tabassum bilan gapirmoqdalar.
Zero, savob ishni har kim, har kun qilishi kerak, azizlar. Ushbu tadbirni tashkillashtirishdagi ko`magi uchun barcha-barchaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xayriya aksiyamiz hali davom etadi.
Institut yoshlar kengashimedia guruh rahbari Ulug’bek Manzirboyev axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov