14 may kuni institutimizda “Qishloq xo‘jaligi gidrotexnika melioratsiyasi” fanidan Respublika fan olimpiadasi 2-bosqichining 3-4 tur topshiriqlari test va og‘zaki shaklda bo‘lib o‘tdi. Har bir tur fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, umumiy ballar doirasida baholandi va g‘oliblar aniqlandi.
Natijalarga ko‘ra, institutimizning Gidromelioratsiya fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 403-guruh talabasi Abdukarimov Abror Baxodir o‘g‘li hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topildi. 2-o‘rinni TDAU Andijon filiali “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich 54-guruh talabasi Abdulazizov Maqsudbek Abduxapiz o‘g‘li qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 3-o‘ringa Urganch davlat universiteti “Tuproqshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 161-guruh talabasi Adilbekov Boburbek Baxrombek o‘g‘li sazovor bo‘ldi.
Olimpiada g‘oliblarini taqdirlash, olimpiadaning yopilishi va ishtirokchilarni kuzatish tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.G.Yulchiyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov