Joriy yilning 13 - 14 may kunlari Farg‘ona Politexnika institutida “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining II bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasi assistenti A.U. Djalilov rahbarligida “QSXET” fakulteti 409-guruh talabasi Abdullayev Mashrab Hamro o‘g‘li ishtirok etdi.
Talabamiz umumiy ko‘rsatkich natijalari bo‘yicha jami qatnashgan 11 ta OTM jamoalari o‘rtasida faxrli 2 - o‘rin sohibi bo‘ldi. Musobaqa natijasiga ko‘ra, talaba II darajali diplom bilan taqdirlandi. Farg‘ona politexnika institutining o‘quv-laboratoriya bazasi bilan ham yaqindan tanishdik, olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarining guvohi bo‘ldik.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov