16 iyul kuni Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida Korean Association of Logos Management hamkorligida “Developing Sustainable and Societal Values for Business, Economic, Educational and Cultural Partnership” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu konferensiyada Koreya Respublikasining 10 ga yaqin universitetlari professor o‘qituvchilari “Biznes, iqtisodiy, ta’lim va madaniy hamkorlik uchun barqaror va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirish” yo‘nalishida ma’ruzalar taqdim etishdi. Konferensiyada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti EkoGIS markazi dotsenti Juliev M.K. faol ishtirok etdi. Juliev M.K. “The role of information technologies for the sustainable development of the country ("Mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun axborot texnologiyalarining o'rni")” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzalar natijasiga ko‘ra, Juliev M.K. “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasiga Koreya respublikasidan Baekseok Universiteti professor Kim Chan Mok va Kyungxe Universiteti doktoranti Park Syung Lilar ham sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston tomonidan esa Toshkent Davlat sharkshunoslik instituti xodimi Yoziev Golibjon Lutfullaevich va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti EkoGIS markazi dotsenti Juliev Muxiddin Komilovichlar xuddi shu nominatsiyasining sohibi sanalishdi. O‘zbekiston va Koreyadan ikkitadan nomzodning saralanishi ham har ikkala davlatning hamjihat va hamkorligining timsolidir.
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov