O‘tmish va kelajak tutashgan maskan

2019 yil 16-noyabr kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti SXM-408 guruh talabalari murabbiy “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti v.b Qudratjon Raximov bilan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirdilar. O‘tmish va kelajak tutashgan ushbu maskanda yurtimizning ilk tosh va bronza davlaridagi tarixidan to hozirgi kunimizga qadar hayoti aks etgandir. Talabalarga o‘rta asrlarga taalluqli ma’lumotlar va buyuk ipak yo‘lining yurtimiz hududidan o‘tganligi, savdo-sotiq va davlatlar o‘rtasidagi boshqa aloqalar qanday bo‘lganligi haqidagi eksponatlar juda manzur bo‘ldi. Talabalar uchun ayniqsa, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlaridagi voqealarni eslatuvchi eksponatlar juda qiziqarli bo‘ldi. Yurtimizning ma’rifatparvar farzandlari, ularning qatag‘on qilinishi va bu voqealar o‘tgan asrning deyarli oxiriga qadar davom etganligi talabalarni mushohadaga, fikr yuritishga chorladi. Xalqimizning asriy orzusi mustaqillikka erishishi tarixi, muzeyni tomosha qilayotgan hech bir kishini befarq qoldirmadi. Yurtimizning birinchi prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning mustaqillikni e’lon qilayotganligi haqidagi rasmlar talabalarda katta taassurotlar qoldirdi.

Respublikamizni kelajakka ishonch bilan shaxdam qadamlar bilan olg‘a intilib borayotganligi hozirgi kunimizda sodir bo‘layotgan voqealarni aks ettirgan maket va eksponatlardan bilinib turibdi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan buyuk ishlar natijasida keyingi yillarda erishilgan ulkan g‘alabalar har bir O‘zbekiston fuqarosiga cheksiz faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu tashrif talabalarning qalblarida vatanga, ona xalqimizga bo‘lgan muhabbatini yanada mavj urishida anchayin hissa qo‘shdi.

“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti Q. Raximov axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov