"Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti" fakultetida tahsil olayotgan 3-bosqich 302a-guruh talabalarini 2020 yil 18 fevral kuni “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov boshchiligida Toshkent Politexnika muzeyiga tashrifni amalga oshirildi.
Talabalar muzeyning tashkil qilinishi va hozirgi paytdagi faoliyati bilan to‘liq tanishib chiqdi. Talabalarga muzey xodimlari tomonidan qadimda texnikalarning paydo bo‘lishi va hozirgi dunyoning eng nufuzli kompaniyalari darajasiga yetgan mashina ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning avtomobillari bilan tanishib chiqishdi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishgandan keyin avtomobil ishlab chiqarishni 1996 yildan boshlagan va “UzDaewooAuto”, “UzAuto Motors”, “SamAvto” “GM O’zbekiston” kabi avtomobil va ularning ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarining ishlab chiqargan avtomobillari hamda ularning ishlab chiqarish tarixi bilan tanishishdi.
Eng qiziqarlisi shundaki, “TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI” talabalari tomonidan ishlab chiqilgan Spark avtomobilining elektromobil qilib ishlangani va har xil turdagi atomobillarning 3D, 5D formatdagi animatsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Talabalarga muzeydagi avtomobillar va ularning maketlari katta taassurot qoldirdi hamda avtomobillarga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortdi.
Bu muzeyga tashrif uyushtirishda bizga yaqindan yordam bergan Toshkent politexnika muzeyi xodimlariga va institutimiz rahbariyatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz!
ETvaEJF kafedrasi dotsenti O‘. Xaliqnazarov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov