Ilmiy-o‘quv markazi” ga tashrif

2021-yil 19-aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik” va “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” yo‘nalishi birinchi bosqich magistrlari institutimizning Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan “Ilmiy-o‘quv markazi” ga tashrif buyurishdilar. “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professor S. X. Isaev rahbarligida magistrlarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Evropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi doirasida qurilgan “Suv tejovchi texnologiyalar (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq ostidan va lizimetrik)” tajriba o‘tkazish bo‘yicha o‘quv ilmiy markazi sharoiti bilan tanishtirildi.

TIQXMMIning Ilmiy o‘quv markazi bilan tanishish jarayoni

Lizimetr uchastkasini ko‘rinishi

Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasi bilan tanishdi.

Yomg‘irlatib sug‘orish shlanglarini ulanish jarayonini ko‘zdan kechirildi.

Lizimetrda sizot suvlar sathini o‘lchash jarayoni bilan tanishdi.

 

 

 “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi professori S.X.Isaev axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati