Prezident tashabbusi amalda

Yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbuslardan biri – yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgandir. Ushbu tashabbusdan ruhlangan «Gidravlika va gidroinformatika» kafedrasi professor – o‘qituvchilari «Gidromelioratsiya» fakulteti talabalari o‘quv – dala amaliyotini o‘tayotgan joyga tashrif buyurdilar. Talabalar bilan kitobxonlik to‘g‘risida qizg‘in suhbat o‘tkazildi. Suhbat so‘nggida kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan «Evrika» talabalar ilmiy jamiyatining faol va iqtidorli talabalariga tashakkurnomalar taqdim etilib, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan saralangan asarlardan sovg‘a qilindi.

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov