Bugun 19 noyabr 10.00 da institutimizning 8 ma’ruzalar zalida Elektrotexnika va mexatronika kafedrasi katta o‘qituvchisi Nuraliyev Almuxan Kalpakbayevich “Uch fazali asinxron dvigatellar” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza o‘qituvchi talabalarga: Asinxron dvigatelni ishga tushirish, Asinxron motorning yuklama rejimidagi vektor diagrammasi, Faza rotorli asinxron dvigatelni ishga tushirish, Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni ishga tushirish hamda Uch fazali asinxron dvigatelni bir fazali elektr tarmog’iga ulab ishga tushirishlarni birma-bir tushintirib o‘tdi. Ma’ruza so‘ngida talabalar bilan mavzu bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazildi va kafedra dotsentlari ma’ruza bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.
O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti