Sportning barcha turlari boʼyicha oʼtkaziladigan musobaqalar inson qobiliyatini, jismoniy chiniqishini sinashga va aniqlashga qaratilgani bilan xarakterlanadi. Institutimizning 1-bosqich talabalari oʼrtasida stol-tennis bo'yicha institut birinchiligi oʼtkazildi. Ushbu murosasiz bellashuvda talabalar quyidagi natijalarni egallashdilar. SXTEB fakulteti talabasi Samandarov 1-oʼrinni, SXTEB fakulteti talabasi Muminjonov Shoxrux 2-oʼrinni, GM fakulteti talabasi Xomidov Jamshid 3-oʼrinni egallashib oʼz fakulteti shaʼnini himoya qilishdi. QXM fakulteti talabasi Odilboev Xushnudbek ham faxrli 3-oʼrinni egalladilar.
TIQXMMI matbuot xizmati