“Nasos va nasos stansiyalari” va “Gidroelektrostansiyalar” fanidan Respublika Fan Olimpiadasi 1-turi boʻlib oʻtdi. Respublika olimpiadasini oʻtkazish kafedraning dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan ekanligini va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng eʼtibor berilayotganligini inobatga olib, “Suv energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish” kafedrasi 26.03.2019 yilning soat 15.00 da B-305 xonada “Nasos va nasos stansiyalari” fanidan 28.03.2019 yilning soat 15.00 da B-305 xonada “Gidroelektrostansiyalar” fanidan Respublika birinchi bosqich fan olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
“SE VA NSF” kafedrasi mudiri D.R. Bazarov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov