2018 - yil 12-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoyishi imzolandi. Shu vaqtga qadar kosmik sohani rivojlanish bo'yicha Respublikamizda bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti bitiruvchi talabalariga Markaziy aerogeodeziya korxonasi direktori Omonov Akmaljon Solijonovich bilan YRB fakultet dekani Sh.Norboyev va Geodeziya va geoinformatika kadedrasi tomonidan uchrashuv tashkil etildi. Undan tashqari uchrashuv vaqtida Respublikamizda "Sun'iy yo'ldosh geodezik tarmoqlarni o'rnatish va foydalanishdagi muammolar hamda ularning yechimi" haqida talabalarga batafsil ma'lumotlar berildi. Uchrashuvdan maqsad bitiruvchi yoshlarni kelajakda o'z mutaxassisligi bo'yicha yetuk kadrlar bo'lib jonajon ona vatanimizga xizmat qilishdan oliyroq maqsad yo'qdir.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov