O‘zbeklar bilan tarixiy an’analari va boy madaniyati, teran tomirlari tutashib ketgan ozarbayjonlik qardoshlar bilan adabiy yo‘sinda o‘tkazib turiladigan tadbirlar do‘stlik rishtalarini tobora mustahkamlab kelayotgani rost. Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda O‘zbekistondagi Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazida o‘tkazildi.
Har ikkala xalq orasidagi adabiy-madaniy va savdo aloqalari uzoq asrlarga borib bog‘lanishini, Navoiy hazratlariga xamsachilik bobida Nizomiy Ganjaviy ijodi ruh va mazmun baxsh etgani borasida so‘z bordi.
Unda SXTE va B fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi R. T. Qodirova boshchiligida fakultet talaba yoshlari ishtirok etib olam-olam taassurotlarga ega bo‘lishdi.
Ozarbayjon elchisi Gusen Guliev ikki xalkni o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashda hissa qo‘shgan ziyolilarga elchixonaning diplomlari topshirilgandi. Bu tadbirda respublikamiz bo‘yicha jurnalist va muxbirlar, bir qator televidenie xodimlari, turli ta’lim muassasalari pedagoglari faol ishtirok etib taqdirlandi. Ular orasida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shgan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti katta o‘qituvchisi Kodirova Ra’no Tuxtaevnaning borligi ham bizning jamoamizning faxr-u iftixoridir.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov