“Jangovar ruhni mustahkamlash hamda jangovar va kasbiy
tayyorgarlikni oshirish – har bir harbiy xizmatchining vazifasidir!”
Harbiy kafedra talabarining nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar ushbu harbiy qismning malakali mutaxassislari tomonidan olib borilib, unda talabalar jangovar qurol-aslahalar va muhandislik texnikalarining jangovar texnik tavsifi, ishlash tartibi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan muhandislik asbob-anjomlarning ishlash tamoyillari bilan tanishdilar. Harbiy qismda talabalar uchun tashkil etilgan o‘quv joylaridagi mashg‘ulot rahbarlari tomonidan berilgan ma’lumotlar, kelgusida amalda qo‘llash uchun poydevor vazifasini bajarishga zamin bo‘ldi.
Harbiy kafedra boshlig‘i podpolkovnik R.Minlishev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov