Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro seminar

2020 yil 26 fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliigini mexanizatsiyalash muhandislari instituti  B binosi 4 qavatida joylashgan tadbirlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, AQSh Xalqaro taraqiyot agentligi (USAID), Qurg‘oqchilik hududlarida qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA), Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) hamkorligida ilmiy semirar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti (IWMI) tomonidan olib borilayotgan “Amudaryo havzasida suv va yer resurslarida foydalanishda iqlim o‘zgarishi ta’sirini bahalash” mavzusidagi loyiha doirasida tashkil qilingan bo‘lib, loyihaning asosiy maqsadi Amudaryo havzasida iqlim o‘zgarishi dinamikasini, yerdan foydalanish va ularning suv resurslariga ta’sirini GIS texnologiyasi yordamida o‘rganish va  bashoratlashdan iboratdir. Ushbu seminarda soha bo‘yicha xalqaro tashkilotlar xodimlari, institutning sohaga oid olimlari, doktorantlar, iqtidorli magistrantlar va talabalar ishtirok qildi. Seminarni prof. A.Yangiev kirish so‘zi bilan ochib berdi, seminar qatnashchilarini institut haqida qisqacha ma’lumot va institutda o‘quv-ilmiy jarayonlardagi o‘zaro xalqaro hamkorliklar doirasida bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. So‘ngra esa tinglovchilarni Prezidium a’zolari bilan tanishtirdi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi yetakchi mutahassisi I.Akromov, O‘zbekiston ekologik partiyasi bo‘lim boshlig‘i F.G‘anieva, ICARDA koordinator o‘rinbosari R.Ibragimov, IWMI O‘rta Osiyo bo‘yicha tashkilot rahbari d-r Xerat Mangritilakelar so‘zga chiqib, yuqoridagi loyiha doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligini aytib o‘tishdi. Seminar davomida Amudaryo havzasidagi suv resurslari to‘g‘risida ma’lumotlar, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimotlar berildi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga to‘liqligicha javoblar berildi va ba’zi masalslsr muhokama qilindi. Seminar yakunida yangi ishlanmalar o‘quv jarayoniga joriy qilinishi qaror qilindi.

 

 

 

Professor A.Yangiev axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati