Joriy yilning 26 fevral sanasida Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti, “Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” yo‘nalishi 403 guruhi va Gidrotexnika qurilishi fakulteti “Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish” yo‘nalishi 408 guruh talabalari, “Gidromeliorativ ishlarni tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi stajyor-o‘vituvchisi S.Melikuziev boshchiligida Yoshlar Ijod Saroyida Savdo-Sanoat Palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi va «Expocontact» kompaniyasi 22-xalqaro «Ta’lim va Mutaxassislik» ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. Ko‘rgazmada talaba yoshlar o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha keyingi faoliyatini xorijiy yoki milliy OTM lari bilan bog‘lash masalalarida turli OTM laridan kelgan vakillar bilan ochiq muloqot olib borishga erishishdi.
“GMITE va IT” kafedrasi stajyor-o‘vituvchisi S.Melikuziev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov