Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 585-son qarori ijrosi yuzasidan institutda tahsil olayotgan ota-onasi yo‘q, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayol talaba-qizlar bilan suhbat bayoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand xotin-qizlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni (keyingi o‘rinlarda talabgorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan.

Prezident qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 585-son qarori ijrosi yuzasidan institutdagi 33 nafar  ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar bilan strategiya xonasida yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor,xotin-qizlar masalalari bo’yocha kengash raisi birgalikda suhbat o’tkazishdi. Suhbat davomida talaba qizlarimiz o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati