Muammolarni birga hal etish uchun bamaslahat ish tutish maqsadga muvofiqdir. O‘z farzandi taqdiri uchun kuyungan ota-ona oila qayg‘usi va vatan tuyg‘usini chuqurroq idrok etishi aniq. Farzandlari o‘qiyotgan kasb va sohaning ularning keyingi hayotida tutgan o‘rni borasida fikrlashish, o‘z sohasiga nisbatan mehri va qiziqishi qay darajada ekanini bilish ota – onaning ham burchidir, albatta.
2018 yil 20 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 bosqich talabalarining ota-onalari bilan mamlakatda hamda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar, talabalarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning burchlari va xuquqlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda talabalarning ota-onalari tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob berildi.
GM fakulteti dekan o‘rinbosari X.Tuychiev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov