20-yanvar kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda muhtaram Yurtboshimizning 2020-yil 29-dekabr kuni parlamentga yoʼllagan murojaatnomasining mazmun-mohiyatini yoritib berish hamda yoshlarning siyosiy bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.Prezident Murojaatnomasi barchamizning oldimizda turgan bir yillik maqsadlarimizga va amalga oshirilishi lozim boʼlgan islohotlarga dasturulamal boʼlib xizmat qilishi tabiiy, ammo, bugungi uchrashuvning oʼziga xosligi shundaki, Murojaatnomaning mazmun-mohiyati avvalo, yoshlarga, keyin jamiyatning boshqa qatlamlariga singdirilib borilishi lozim degan maqsadda aynan yoshlar bilan tashkil qilindi.Ushrashuvni Institut yoshlar yetakchisi birinchi oʼrinbosari Haytboy Iskandarov ochib berdi, uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boʼlim boshligʼi R. Аnvarova, Mirzo Ulugʼbek tumani boshqarmasi boshligʼi Gʼ. Tolipov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulugʼbek tumani kengashi raisi N.Shukurov, Yoshlar parlamenti aʼzosi O.Sobitovlar ishtirok etishdi.
Oʼzining tanqidiy-tahliliy chiqishlari bilan yoshlar orasida tanilgan, yoshlar sohasidagi islohatlarga oʼzining hissasini qoʼshib kelayotgan Otabek Sobitov Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli qilib barcha ishtirok etgan talabalarga yetkazib berdi. Murojaatnomada keltirib oʼtilgan yoshlar hayotida amalga oshirilishi kutilayotgan ulkan oʼzgarishlar va islohotlarga alohida toʼxtalib oʼtildi. Otabek Sobitovga talabalarimiz tomonidan yoshlar va taʼlim sohasidagi bir qancha savollar va takliflar bildirildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan barcha mehmonlar talabalarimizga oʼz tavsiya va maslahatlarini berib oʼtishdi. Yakuniy soʼz oʼrnida Institut Yoshlar yetakchisi А.Berdimurodov ishtirok etgan talabalarga va yoshlarimizning siyosiy bilimlarini oshirishga hissalarini qoʼshgan barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, uchrashuvga yakun yasadi.
TIQXMMI matbuot xizmati