2019 yil 17 may kuni “IBRATLI, IJODKOR INSONLAR” ruknida institutning 2-ma’ruzalar zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibasi, iqtidorli shoira va tarjimon Sharifa Salimova ishtirokida “Vatan mehri-she’r sehri” mavzusida ijodiy muloqot va kitob taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekani B.B.Hasanov, dekan o‘rinbosarlari A.Azimov, B.Normo‘minov, S.Ro‘ziyev, murabbiylar B.Yuldashev, S.Xamidov, Sh.Xudoynazarov, E.Toshmatov, A.Joxonov, B.Urinov, S.Xidirov, A.Numonov, O.Matkarimov va GTQ fakultetining 220 nafar talabalari ishtirok etishdi Tadbir davomida R.Jumaniyazov moderatorlik qildi.
Shoira Sharifa Salimova talabalar va professor-o‘qituvchilarga o‘z ijodi haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv juda qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga ma’noli javoblar olishdi. Uchrashuv ishtirokchilarda juda yaxshi taassurot qoldirdi.
“GTQ” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov