Muammoli ma’ruza mohiyati

2019 yil 15-16 may kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida «Qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi innovatsion texnologiya va texnik vositalarni yaratish hamda ulardan samarali foydalanish istiqbollari”  mavzusida  Respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Respublika xalq ta’limi a’lochisi, texnika fanlari doktori,  TIQXMMI “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi professori Shukurullo  Ubaydullayevich Yo‘ldashev ishtirok etdi va anjumanni ochilishida  “Agrar tizimi xo‘jaligida mashina, mexanizm, agregatlar resursidan to‘liq foydalanish va moddiy-texnika bazasini tubdan takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida  muammoli ma’ruza  qildi. Akademik Sh.U.Yo‘ldashevning  muammoli ma’ruzasi anjuman qatnashchilarida, talabalar, magistrantlar, izlanuvchilar, tadqiqotchilar va ilmiy xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Akademik Sh.U. Yo‘ldashev Qashqadaryo viloyati televideniyesiga O‘zbekiston Respublikasini agrar sohasining rivojlantirish istiqbollariga  bag‘ishlangan  mavzuda keng  qamrovli  intervyu  berdi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov