Toshkent shahri Mirza Ulug‘bek tumanida joylashgan “Darxon” mahallasi Magistratura bo‘limi va GTIvaMK kafedrasiga biriktirilgan. 2021-yil 18-iyun kuni Institut Moliya-iqtisodiyot bo‘yicha prorektori prof. B.Xasanov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i prof. A.Yangiyev va GTIvaMK
kafedrasi xodimlari mahalla ma’naviyat xonasiga yoshlarni qiziqtirgan badiiy kitoblarni taqdim qilishdi, mahalladagi Farmonova Roziya opaning ikki nafar yetim nabiralari xol-ahvolidan xabar olinib, sovg‘alarni ulashishdi. Bundan tashqari, mahalla yoshlarini institut sport maydonchalarida bo‘sh paytlarini sport bilan shug‘ullanishga va qatnashishga taklif qilishdi.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i A.Yangiyev
TIQXMMI matbuot xizmati