2 - Talabalar turar joyi 3,4 qavat foyesida GIM, QSXET talaba qizlari bilan haftada ikki marotaba fitnes sporti bilan shugulanishmoqda. Hamma ham sog‘lom, tetik va baquvvat bo‘lishni, o‘z yoshligini, qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy vazifasi esa jismoniy harakatlardir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ayni vaqtda, mamlakatimizda yetuk, sog‘lom avlodni tarbiyalash borasidagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhtaram Prezidentimizning besh muhim tashabbusining ikkinchi tashabbusi ham aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Tarbiyachi pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov