2019-yil 18-oktyabr kuni institumizga “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti S.R. Mansurov tashabbusi bilan Toshkent shahar Zangiota tumanidagi 31 – sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari hamda maktab o‘qituvchisi R. Eshqobilov rahbarligida tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutimizda yaratilgan barcha shart-sharoitlar hamda institutimiz tarixi va buguniga oid ma’lumotlar, o‘quv binolari, kutubxonalar va laboratoriyalar bilan tanishtirildi. “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistentlari S.R. Mansurov va G.U. Jumabaevalar ushbu vazifani bajarish davomida o‘quvchilarning qiziqish bilan bergan savollariga to‘la javob berdi. O‘quvchilar mamnun holda katta taassurotlar bilan qaytishdi. Maktab o‘quvchilarining institutimizga tashrifi bir jihatdan ularning bilim va salohiyatlarini oshishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan bizning sohamizga, irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish jabhasiga qiziqishini orttiradi. Natijada ular qalbida aynan institutimizda o‘qish hamda irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha yaxshi mutaxassis bo‘lish istagi nish uradi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov S.R. axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov