"Yer resurslarini boshqarish" fakulteti maʼruzalar zalida 20-noyabr kuni 1 – kurs talabalarini institut psixologi faoliyati bilan tanishtirish va targʼibot qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni ERB fakulteti dekani Sh.Narbaev oʼz kirish soʼzi bilan ochib, soʼz navbatini institut psixologiga berdi. Institut psixologi Muhayyo Kamolxonovna Muxamedova talabalarga “Institut psixologining faoliyati” mavzusida taqdimot qildi va psixolog mutaxassisining psixiatr va psixoterapevtdan farqi haqida talabalarga maʼlumot berdi. Shu bilan birga institut psixologining institutda olib boradigan faoliyati turlari bilan tanishtirib oʼtdi. Uchrashuvda tanishuv treningi va “Rasmli test” orqali talabalarning xarakter xususiyatini aniqlash testi oʼtkazildi. Tadbirda psixologning inson hayotidagi tutgan oʼrni haqida YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova va Z. Hafizovalar oʼz fikrlarini bildirib oʼtishdi. Yigʼilish soʼngida talabalar institut psixologiga oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. “Institut psixologi faoliyati” toʼgʼrisidagi varaqalar tarqatildi va qizgʼin tarzda tadbir oʼz yakuniga yetdi.
TIQXMMI matbuot xizmati