Suv bebaho boylik hisoblanadi. Undan tejab-tergab, samarali foydalanish nihoyatda muhim masaladir. Ayniqsa, bo‘lg‘usi suv xo‘jaligi mutaxassislari bu masalani qanday anglashi, bu to‘g‘rida qanchalik bilimga ega ekanligi mamlakatimiz suv xo‘jaligining kelajagini belgilaydi.
Shu sababli, 3-TTJda Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari dot. Matyaqubov B.Sh., dots. Mamataliyev A.B. va Ishchanov J.Q. tomonidan “Suvtejamkorlik: xorij texnologiyalari O‘zbekistonda” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A.Xayitova va "Gidromelioratsiya" fakultetining 3-4 kurs talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirga “NAANDANJAIN” Kompaniyasi vakili J. Matyaqubov taklif qilindi. J. Matyaqubov taqdimot slaydlari va video roliklar orqali mazkur kompaniya va uning O‘zbekistonda olib borayotgan faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarga hamkorlik qilish takliflari bilan murojaat qildi. Kelgusida talabalarning kompaniyada mutaxassis sifatida islash imkoniyatlari borligini, buning uchun talabalar yaxshi bilim olishlari, xorijiy til va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerakligini tushuntirdi.
Berilgan qiziqarli ma’lumotlari va fikrlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir juda savol-javoblarga boy mazmunli o‘tdi. Bu uchrashuv barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa ajab emas.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov