O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-14 aprel kunlari institutimizning 3 va 4 - bosqich talabalari o‘rtasida “Elektrotexnologiya” fanidan Respublika fan olimpiadasining I (institut) bosqichi bo’lib o’tdi.
Natijalarga binoan g’oliblarga esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar topshirildi. I bosqich yakuniy natijalari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan QSXET fakulteti 401-guruh talabasi Mengnorov Sunnat g‘olib deb topildi va Respublika fan olimpiadasining II bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
QSXET fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti
N.A. Aytbayev axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati