2019 yil 21 oktyabr soat 11:30 da TIQXMMI majlislar zalida "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti talabalari uchun O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. “Til bayrami” tadbirida filolog Rahimboy Jumaniyozov, "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakulteti dekani R.Xakimov, dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, “Tillar” kafedrasi dotsenti K.Raximova hamda professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar “Til” to‘g‘risidagi qonunning ahamiyati va xususiyatlari, tilimizga bo‘lgan e’tibor va munosabatlarning holati, go‘zal tilimizning o‘rni xususida fikrlar bildirishdi. Ma’rifiy kechaga talabalar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda jozibali raqslar fayz bag‘ishladi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov