Ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish oliy ta’lim muassasalarining ustuvor vazifalari hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda 3-talabalar turar joyida "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent Matyaqubov B.Sh., dotsent Mamataliyev A.B. va Mardiyev Sh.H. tomonidan tashkil qilingan davra suhbati mavzusi ham хuddi shu masalaga qaratildi.

Tadbirda mazkur vazirlikning “Yerlar melioratsiyasi” boshqarmasi boshlig‘i Q.Murodov, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari A.Xayitova, D.Sagdullayeva, Gidromelioratsiya fakulteti dekani muovini B.Muqimov, dotsent A.Tabayev va Gidromelioratsiya fakultetining 1-4 kurs talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida vazirlik xodimlari talabalarga Respublikamiz suv xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohatlar, institut bilan hamkorlikda talabalarning malakaviy amaliotlarini ishlab chiqarish ob’ektlarida yangicha tizimda otishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan dastur to‘g‘risida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, suv xo‘jaligi ravnaqi har tomonlama etuk, raqobatbardosh kadrlarga bog‘liq ekanligini aytib o‘tishdi. Bu borada o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir bo‘lg‘usi mutaxassis albatta chuqur bilim olishi, shu bilan birgalikda chet tillarini va zamonaviy axborot texnologiyalarini yaxshi o‘raganishlari kerakligi ta’kidlandi.

Tadbirda Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi yangi texnologiyalar haqida ham ma‘lumotlar keltirildi. Jumladan, dotsent A.Mamataliyev va SH.Mardiyevlar tomonidan “Gidroponika” to‘g‘risida taqdimot berildi. Qiziqarli, savol-javoblarga boy bo‘lgan bu uchrashuv barchada katta taassurot qoldirgan bo‘lsa ajab emas.

Dotsent Adham Mamataliyev axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov