Manfaatli va ma’rifatli hamkorliklar

 

Ilmgina insoniyatning yo‘lini yoritadi, ulug‘ va qutlug‘ ishlarga safarbar etadi. Ilm-fanning rivojisiz mamlakat taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Uning ravnaqi orqaligina innovatsion ixtirolarni, investitsion faoliyatning mazmun-mohiyatini his etish mumkin. Shuning uchun ham deyarlik har oyda institutimizda xorijiy davlatlarning fan va ta’lim mutaxassislari ishtirokida o‘zaro hamkorlik va manfaatli tajriba almashish zamiriga qurilgan Xalqaro konferensiyalardan ko‘zlangan maqsadlar ham aslida shu.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida faoliyatning turli yo‘nalishlarida ilg‘or yondashuvlarni joriy qilish, o‘quv va ilmiy dasturlarni takomillashtirishda, ularni internatsionallashtirish, jahondagi nafaqat nufuzli oliy ta’lim va ilmiy muassalar, balki ishlab chiqarish muassasalari bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga qaratilmoqda. 

Institut va Xitoy Xalq Respublikasining China Power korporatsiyasi va uning tizimidagi Stecol Corporation kompaniyasi kabi tashkilotlar o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikni ham alohida e’tirof etish mumkin. Mazkur hamkorlik natijasida hozirgi kunda TIQXMMI talabalarini Stecol Corporation kompaniyasi ob’ektlarida amaliyot o‘tishlari, institut bitiruvchilarini XXRdagi yetakchi universitetlardan hisoblangan Xoxay universitetida magistraturada tahsil olish tashkil etilgan. 

Joriy yilning 22 may kuni TIQXMMI rahbariyati va Stecol Corporation kompaniyasining bosh direktori Qu Yongyao hamda bosh muhandisi Liu Lingbao o‘rtasida navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon hamkorlikning borishi va natijalaridan qoniqish hosil qilgan holda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqot, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar yuzasida kelishib oldilar. Bunday uchrashuvlar hamkorlikni izchil rivojlantirishga imkon berishi ta’kidlandi. 

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov