Tojikistonlik mutaxassislar maʼruzalari

2019 yil 19-21 yanvar kunlari Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilariga Tojikiston Fanlar Akademiyasi, “Suv muammolari, gidroenergetika va ekologiya” institutining “Suv resurslari va gidrofizik jarayonlar” laboratoriyasi mudiri, t.f.d. professor Fazыlov Ali Raxmatdjanovich “Butun dunyoda chuchuk suv muammolari va ekologiya” mavzusida Tojikiston Agrar universiteti “Gidromelioratsiya” fakultetining “Qurilish mexanikasi va gidrotexnika inshootlari” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Ikromov Ilxomjon Islomkulovich “Zamonaviy gidrotexnika inshootlari va ulardan foydalanish” mavzusida, Tojikiston Agrar universiteti “Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidromelioratsiya, rekultivatsiya va yerlarni muhofaza qilish” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Pulatov Shavkat Yarashovich “Zamonaviy gidromelioratsiya va yerlarni muhofaza qilish” mavzularida maʼruzalar, seminar-trening mashgʻulotlari olib bordilar.

Shuningdek, oʻtkazilgan maʼruzalar va seminar-trening mashgʻulotlarida Tojikiston Agrar universitetining “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani, t.f.n., Mirzoyev Mirasil Maxmadnazarovich, Tojikiston Agrar universiteti “Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Bobiyev Davlatali Fayzaliyevichlar ham oʻz mulohazalari bilan qatnashishdi.

PKQT va UMO tarmoq markazi boʻlim boshligʻi Javlonbek Qutlimurotov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov