Til — millat qiyofasining bir boʼlagi

Xalqimizning koʼp asrlik madaniy, ilmiy-maʼrifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli boʼlgan oʼzbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir. Mana bir necha kundirki, joylarda Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yillik bayrami keng nishonlanib kelinmoqda. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta oʼqituvchisi Z.Hafizovalar tashabbusi bilan “Til — millat qiyofasining bir boʼlagi” shiori ostida sheʼriy-badiiy kecha oʼtkazildi. Tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Аlisher Boymurodov ham ishtirok etdi.

Tadbir mehmonimiz yigʼilganlarga oʼzlarining qiziqarli hazilomiz sheʼrlari bilan barchani xushnud etdi. Shuningdek, tadbirda fakultetimizning faol iqtidorli tashabbuskor talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan badiy chiqishlari ajoyib kuy-qoʼshiqlari, talaba-qizlarimiz tomonidan ijro etilga raqslar yigʼilganlarga koʼtarinki rux bagʼishladi. Ushbu tadbirni davomi “Yer resurslarini boshqarish” fakultetning talaba-yoshlari joylashgan 1 - talabalar turar joyida ham boʼlib oʼtdi.

YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati