Qadimdan ilmga, adabiyotga, she’riyatga xalqimizning ehtiromi yuksak bo‘lgan. Shuning uchun ham kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning biri, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish ekanligi yuqoridagi fikrni to‘la tasdig‘idir. Bu yo‘nalishda institutimizda ham talabalr o‘rtasida kitobxonlikni targ‘iboti yuzasidan institut rahbariyati, shaxsan institut rektori O‘.P.Umurzakov tashabbuslari bilan qator ishlar amalga oshirildi. Bular jumlasiga fakultetlarda kitob javonlari qo‘yilib, ulardagi kitoblarni o‘qib chiqqan talabalarning rag‘batlantirishlarini keltirish mumkin. Kitobxonlik, adabiyotga bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasida ham ana’naga aylanib bormoqda.
20 iyun kuni institutning 1 – ma’ruzalar zalida “Gidromelioratsiya” va “Gidrotexnika inshootlari qurilishi” fakultetlari talabalari ishtirokida “Kitobga oshnolik-ziyoga oshnolik” ruknida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasining professor – o‘qituvchilari, “Gidromelioratsiya” fakulteti dekani, t.f.d. A. Fatxullaev, “Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash” bo‘limi boshlig‘i, t.f.d. Sh. Imomovlar qatnashdilar.
Kechaga adabiyot, she’riyatga yaqin bo‘lgan mehmonlar taklif etildi. Tadbirda “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi mudiri A.M. Arifjanov, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Usmonov hamda institut magistranti S. Meliqo‘zievlar o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qib berdilar. Suhbat so‘ngida, bu gal ham kafedra xodimlari an’anani davom ettirib, kafedra qoshida faoliyat yuritayotgan “Evrika” talabalar ilmiy jamiyatining faol va iqtidorli talabalariga tashakkurnomalar taqdim etilib, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan saralangan asarlardan sovg‘a qilindi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov