Sport bizni birlashtiradi

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbusi aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shoroitlar yaratishga yo‘naltirilgan. 

 

Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, respublikamizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti joriy yilning 23 fevralidan fakultet dekani Sh. Narbaev va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “SPORT BIZNI BIRLAShTIRADI” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftaligi boshlandi.

Kecha ushbu sport haftaligini kurslar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi.  Ushbu musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar o‘z kurslari bilan faol ishtirok etdi. Musobaqa barcha kurslar o‘rtasida tashkil etilganligi sababli o‘yinlar o‘ziga xos tarzda shiddatli bo‘ldi. Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqamizda uchinchi o‘rinni 3 kurs Geodeziya yo‘nalishi, ikkinchi o‘rinni 1 kurs Kadastr yo‘nalishi, faxrli birinchi o‘rinni 4 kurs Kadastr yo‘nalishi talabalari egallashdi.  Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu musobaqa fakultetdagi sport haftaligini ochilishi desak bo‘ladi. Hafta davomida sportni boshqa turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkillashtiriladi. Barcha g‘oliblar hafta yakunida diplom va esdalik uchun sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov