Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning iqtidorlarini namoyon qilish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbus doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘z iqtidorini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini yanada kengaytirish, ularning barkamol shaxs bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.
Kuni kecha 22-fevral kuni Toshkent moliya institutining Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasida KURASh buyicha Rektor kubogi musobaqasida institutimizning faol iqtidorli tashabbuskor polvonlari ham ishtirok etdi. Ushbu musobaqada milliy kurash bo‘yicha "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining 1- bosqich talabalaridan 73 kg vaznda (ERB 1/7) Abduraxmonov Shohrux 1-o‘rin, 100 kg vaznda (ERB 1/11) Tojiev Xudoyberdi 2-o‘rin, (ERB 1/8) Ulpanov Abdulatif 3-o‘rinni egalladilar. Biz ularga kelajakdagi faoliyatlarida ham mana shunday zafarlar tilab, yutuqlari bardavom bo‘lishi istab qolamiz.
YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati