Tashabbuskor yoshlar el-yurt kelajagi, ularning koʼkragida yonayotgan oʼt shunchalik kuchliki bu oʼtni yanada alanga oldira olsak bir maqsadga erisha olamiz. Xuddi shunday yoshlardan GM fakul'teti “Daryo va suv omborlari gidrologiyasi” ta'lim yoʼnalishi 110-guruxning 8 nafar istedodli talabalari xoxishiga koʼra institutning Gidrologiya, Gidravlika laboratoriyalari hamda Gidrotexniklar laboratoriyasida joylashgan “Toʼpalang” suv ombori (GES) ning maketi bilan tanishtirildi va suv ombori toʼgʼrisidagi barcha ma'lumotlar talabalar e'tiboriga havola etildi. Tanishuv jarayonida talabalar bilan savol javob oʼtkazildi va tanlagan sohalari boʼyicha yetarlicha bilimga ega ekanliklariga guvox boʼlindi. Soʼngi soʼz oʼrnida talabalarga yaxshi oʼqib yetuk mutaxassis boʼlish oʼz qoʼllarida ekanligi, fanlardan a'lo baxolarga oʼqish kerakligi, buning uchun institutda barcha sharoitlar yaratilganligi uqtirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati