Navbatdagi ochiq darsĀ 

Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev aytganidek "Farzandlarimiz mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi." 24-may kuni Yer resurslarini boshqarish fakulteti 1-kusr talabalariga  Geodeziya fanidan "Geodezik ishlarda an'anaviy va zamonaviy geodezik asboblardan foydalanish" mavzusida

Geodeziya va geoinformatika kadedrasi o'qituvchisi Islomov O'tkir Pirmetovich tamonidan ochiq dars tashkil etildi. Dars jaroyonida talabalar sohadagi zamonaviy geodezik asboblardan foydalanish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini mustahkamlab olishdilar. Talabalar tamonidan ochiq dars  tashkilotchilarga samimiy minatdorchiligini bildirishdilar.

TIQXMMI matbuot xizmati