Institut qoshidagi “International House” Toshkent akademik litseyda o‘quv, ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy jarayonlar juda a’lo darajada tashkil etilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki bunday holatlarni yuzaga kelishining birinchi sabablaridan biri bu yaratilgan shart-sharoitlar, ikkinchisi esa malakali professor-o‘qituvchilar, bu esa akademik litseyda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Eng asosiy yana bir sabablaridan biri litseyga yosh, jonkuyar, tashkilotchi, ishbilarmon va har bir sohada uddaburon rahbar rahbarlik qilayotganidir. Har bir o‘qituvchi va har bir o‘quvchi bunday sharoitlarda o‘qishni shu bilan birga o‘qituvchilar ishlashni orzu qiladi desak adashmaymiz. Hozirgi kunda Tillaev Alisher rahbarligida barcha ishlar qatorida horijiy OTMlar va bir qancha professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar bilan Memorandum qilingan bo‘lib, ular bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.
Yutuqlar va barcha olib borilayotgan ishlar OTM va TIQXMMI, horijiy saytlarda yoritilib kelinmoqda. Bu esa kelajakda o‘quvchilarni OTMni tanlash huquqlarini beradi va ulardan yuqori bilimga va kuchli intilishga chaqiradi. Bugungi kunda esa 2020-2021 o‘quv yilining birituvchilariga Davlat Attestatsiya Komissiyasi tomonidan “Ona tili va adabiyoti”, “Matematika”, “Jahon tarixi”, “O‘zbekiton tarixi”, “Ingliz tili” va “Fizika” fanlaridan 2021-yilning 17-mayidan 25-mayigacha Yakuniy imtihonlar boshlandi. Yakuniy imtihonlarga institut “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedra mudiri p.f.d.,professor Z.Ismailova DAK raisi etib belgilangan bo‘lib, ular tomonidan imtihon jarayonlari kuzatilib talab darajasida o‘tkazilib kelinmoqda. Bu bevosita institut bilan ham hamkorlik ishlarini yaxshi tashkil etish uchun o‘z hissasini qo‘shadi va bitiruvchilarimizni institutga kirishga yo‘naltirish ishlarini ham bir vaqtning o‘zida targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib borishga imkon beradi.
TIQXMMI matbuot xizmati