Hurmatli TIQXMMIning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PK – 3271 “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora - tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 23-24-25- yanvar kunlari Axborot-resurs markazining 1-qavat foyesida “Oʻzdavkitobsavdotaʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining hamkorlikdagi “Kitob savdo yarmarkasi” oʻtkazilmoqda. Yarmarkada oʻquv, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar, shu jumladan soxalarga oid maʼlumotnoma adabiyotlar namoyish etilgan.

Axborot-resurs markazi